Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan hududda o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Mahallada xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
янв.21
📢 Fuqaro murojaatlari – deputatlarning doimiy e’tibor markazida!
янв.21
Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash holati o‘rganildi.
янв.21
AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT — MUAMMOLARGA YECHIM SARI QADAM
янв.21
Kengash huzuridagi ekspert va yoshlar maslahat guruhlari ishtirokida tadbir o‘tkazildi.
янв.21
Fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
Aholining elektr energiyasi bilan bog‘liq masalalari o‘rganildi.
янв.21
Mahalla obodligi va xavfsizligi – eng muhim vazifa
янв.21
PQ-141-sonli qaror ijrosi o‘rganildi
Mahallada ijtimoiy holatlar joyida o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Pastdarg'om tuman Kengashi deputati A.Abdumuratov tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish va ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida mahallalarda uyma-uy yurib o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, Oq Mang‘it mahallasida yashovchi H.Mamanova xonadonida bo‘lib, 1-guruh nogironi sifatida ijtimoiy yordamga muhtojligi o‘rganildi.

O‘rganishlar natijasida fuqaroning uy-joy sharoitini yaxshilash zarurligi aniqlanib, Tuman inson ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan uy ta’miri uchun mablag‘ ajratish masalasi ko‘rib chiqildi.

O‘rganish jarayonida oila a’zolarining muammolari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga aniq topshiriqlar belgilandi.

Bunday amaliy ishlar aholining muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va samarali yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4