Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan hududda o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Mahallada xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
янв.21
📢 Fuqaro murojaatlari – deputatlarning doimiy e’tibor markazida!
янв.21
Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash holati o‘rganildi.
янв.21
AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT — MUAMMOLARGA YECHIM SARI QADAM
янв.21
Kengash huzuridagi ekspert va yoshlar maslahat guruhlari ishtirokida tadbir o‘tkazildi.
янв.21
Fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
Aholining elektr energiyasi bilan bog‘liq masalalari o‘rganildi.
янв.21
Mahalla obodligi va xavfsizligi – eng muhim vazifa
янв.21
PQ-141-sonli qaror ijrosi o‘rganildi
Dorixonalar faoliyati deputat nazoratida o‘rganildi

Aholiga ko‘rsatilayotgan farmatsevtik xizmatlar sifatini o‘rganish maqsadida xalq deputatlari Pastdarg'om tuman Kengashi deputati D.Mardonova tomonidan mavjud dorixonalar faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi. 

 O‘rganishlar davomida dorixonalarda dori vositalarining mavjudligi, ularning narxlari, saqlash sharoitlari, sifati hamda aholiga xizmat ko‘rsatish madaniyatiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, dori vositalarini sotishda belgilangan tartib-qoidalarga rioya etilishi, dorixonalarning litsenziya hujjatlari va sanitariya talablariga muvofiqligi ham ko‘zdan kechirildi. 

 Ayrim dorixonalarda dori-darmonlar xili yetarli emasligi, ayrim hollarda esa narx-navo masalalari bo‘yicha aholi e’tirozlari mavjudligi aniqlandi.

 Deputat tomonidan aholini sifatli dori vositalari bilan ta’minlash, farmatsevtika sohasida shaffoflikni ta’minlash, xizmat ko‘rsatish darajasini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlarni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1