Deputat so‘rovi ijrosi ta’minlanmoqda
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 9-Tuvadoq saylov okrugi deputati D.Karimova tomonidan Tuvadoq mahalla fuqarolar yig‘ini Jasur ko‘chasining 1,5 km hududini ta’mirlash masalasini, tuman ichki yo‘llarini saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun manzilli ro‘yxatiga kiritish yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari U.Yigitaliyevga 28-ds-287-26-sonli “deputat so‘rovi” yuborilgan edi.
03-03-14/1492-sonli javob xatida Tuvadoq MFYga qarashli ichki xo‘jalik yo‘llarini ta’mirtalab qismlarini ta’mirlash ishlari bo‘yicha ishchi guruh tuzilgan holda o‘rganib chiqilganligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-sonli qaroriga asosan dastur doirasida 2026-yil davomida amalga oshirilishi ma’lum qilindi.