Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla obodligi va xavfsizligi – eng muhim vazifa
янв.21
PQ-141-sonli qaror ijrosi o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar muammolari deputatlar nazoratida
янв.21
Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganildi
янв.21
Xalqparvar komissiyasi qurilish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish holatini o‘rgandi
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat muassasalari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya raislari bilan uchrashuv o'tkazildi
янв.21
“Mahallaning ishbilarmon ayoli” tanlovi: Qamashida faol va tashabbuskor ayollar e’tirof etildi
янв.21
Deputat mahallalarda fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi
SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati O.Sharipov tomonidan Guliston MFY hududida saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi. 

Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazish, ularning murojaat va takliflarini tinglash hamda hududda mavjud muammolarni o‘rganishdan iborat bo‘ldi. 

Uchrashuv davomida mahalla aholisini qiynab kelayotgan masalalar, jumladan hudud infratuzilmasini yaxshilash, yo‘llarni ta’mirlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha fuqarolar tomonidan qator taklif va murojaatlar bildirildi.
Deputat tomonidan ushbu masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni bosqichma-bosqich hal etish choralarini ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, uchrashuv davomida mamlakatimizda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahallalarda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati haqida ham ma’lumot berildi. 

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-iyundagi 380-son qarori, 2022-yil 21-apreldagi 206-son qarori, shuningdek hududlarda infratuzilmani rivojlantirish, obodonlashtirish hamda aholi turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan boshqa qarorlar ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi.
Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari yozib olindi hamda ayrim masalalar joyida hal etildi.
Qolgan murojaatlar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga so‘rovlar yuborish va ularning ijrosini nazoratga olish belgilab olindi.

Bunday uchrashuvlar saylovchilar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, hududdagi dolzarb muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish orqali
aholi farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4