Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan hududda o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Mahallada xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
янв.21
📢 Fuqaro murojaatlari – deputatlarning doimiy e’tibor markazida!
янв.21
Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash holati o‘rganildi.
янв.21
AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT — MUAMMOLARGA YECHIM SARI QADAM
янв.21
Kengash huzuridagi ekspert va yoshlar maslahat guruhlari ishtirokida tadbir o‘tkazildi.
янв.21
Fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
Aholining elektr energiyasi bilan bog‘liq masalalari o‘rganildi.
янв.21
Mahalla obodligi va xavfsizligi – eng muhim vazifa
янв.21
PQ-141-sonli qaror ijrosi o‘rganildi
“Yashil mahalla” loyihalarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi dasturlar bo‘yicha hisobot tinglandi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-6-V-sonli qaroriga muvofiq, Xalq deputatlari shahar Kengashi huzurida tashkil etilgan Kambag‘allikni qisqartirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha komissiyaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida komissiya tarkibidagi o‘zgarishlarga oid masalalar ko‘rib chiqildi hamda tegishli takliflar muhokama etildi.

Shuningdek, shaharda “Yashil mahalla” loyihalarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi dasturlar ijrosi yuzasidan shahar Mahalla uyushmasi raisi D.Eminovning hisoboti tinglandi.

Hisobotda hududlarda ekologik muhitni yaxshilash, yashil hududlarni kengaytirish, mahallalarni obodonlashtirish hamda aholi uchun qulay va sog‘lom yashash muhitini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Yig‘ilish yakunida komissiya a’zolari tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar asosida mazkur yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini oshirish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda nazoratni kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5