Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hokim yordamchilari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Partiya guruhlari bilan hamkorlik
янв.21
“Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan hududda o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Mahallada xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
янв.21
📢 Fuqaro murojaatlari – deputatlarning doimiy e’tibor markazida!
янв.21
Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash holati o‘rganildi.
янв.21
AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT — MUAMMOLARGA YECHIM SARI QADAM
янв.21
Kengash huzuridagi ekspert va yoshlar maslahat guruhlari ishtirokida tadbir o‘tkazildi.
янв.21
Fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
Aholining elektr energiyasi bilan bog‘liq masalalari o‘rganildi.
Deputatlar tashabbusi hokim tomonidan qo‘llab-quvvatlandi

Deputatlar tashabbusi hokim tomonidan qo‘llab-quvvatlandi

🤩O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-sonli qarori mahalliy Kengash deputatlarining faoliyatini yangi bosqichga olib chiqmoqda. Ushbu hujjat deputatlarni xalq bilan yanada yaqinlashtirib, muammolarni joyida o‘rganib, amaliy yechimlar taklif etish imkonini bermoqda.

✅Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayev deputatlar tashabbusini qo‘llab-quvvatlab, ularni moliyalashtirish uchun 400 million so‘m mablag‘ ajratilishini ma’qulladi. Har bir tashabbus uchun 25 million so‘m yo‘naltiriladi.

✅Ajratilgan mablag‘lar mahallalarda elektr energiyasi ta’minotini yaxshilashga sarflanadi. Bu esa aholining turmush sharoitini yanada qulay qilishga xizmat qiladi.

🇺🇿 Bu tashabbus deputatlik faoliyatining samarali natijasi sifatida e’tirof etilmoqda.

✅ @sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 1