Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Saylovchilar muammolari deputatlar nazoratida
янв.21
Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganildi
янв.21
Xalqparvar komissiyasi qurilish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish holatini o‘rgandi
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat muassasalari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya raislari bilan uchrashuv o'tkazildi
янв.21
“Mahallaning ishbilarmon ayoli” tanlovi: Qamashida faol va tashabbuskor ayollar e’tirof etildi
янв.21
Deputat mahallalarda fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Deputat hunarmand tadbirkorlar bilan uchrashdi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurash – ustuvor vazifa
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish tadbiri bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi raisi Z. Ostonov tomonidan o‘zi saylangan 5-“Madaniyat” saylov okrugiga qarashli 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabida pedagog xodimlar ishtirokida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasiga bag‘ishlangan targ‘ibot-tushuntirish tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi davlatimiz tomonidan ilgari surilgan uzoq muddatli rivojlanish strategiyasining mazmun-mohiyatini ta’lim sohasi vakillariga yetkazish, ularning ushbu jarayondagi o‘rni va mas’uliyatini yanada oshirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining asosiy yo‘nalishlari, jumladan, ta’lim tizimini rivojlantirish, yosh avlodni zamonaviy bilim va kasb-hunarlarga yo‘naltirish, ijtimoiy sohalarni takomillashtirish, aholining turmush darajasini oshirish hamda inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, strategiyada belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda pedagog xodimlarning muhim o‘rni, ta’lim sifatini oshirish orqali jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish masalalari alohida ta’kidlandi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazilib, pedagoglarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berildi, bildirilgan taklif va mulohazalar kelgusidagi faoliyatda inobatga olinishi qayd etildi. 

Slide 1 of 7