Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Saylovchilar muammolari deputatlar nazoratida
янв.21
Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganildi
янв.21
Xalqparvar komissiyasi qurilish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish holatini o‘rgandi
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat muassasalari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya raislari bilan uchrashuv o'tkazildi
янв.21
“Mahallaning ishbilarmon ayoli” tanlovi: Qamashida faol va tashabbuskor ayollar e’tirof etildi
янв.21
Deputat mahallalarda fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Deputat hunarmand tadbirkorlar bilan uchrashdi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurash – ustuvor vazifa
Xalq deputatlari shahar va tuman Kengashi kotibiyatlari faoliyati sarhisob qilindi

Xalq deputatlari shahar va tuman Kengashi kotibiyatlari faoliyati sarhisob qilindi

⭐️Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi tomonidan tuman(shahar) Kengashlari bilan yil yakunlariga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbirda joriy yil davomida amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilinib, erishilgan natijalar sarhisob qilindi.


✅Yig‘ilish davomida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi murojaatlari va muammolarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, dasturlar ijrosi hamda vakillik organlari faoliyatini samarali tashkil etish borasida fidokorona mehnat qilgan ilg‘or tuman Kengashlari alohida e’tirof etildi. O‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni mas’uliyat bilan bajargan Kengash kotibiyati mas'ullari viloyat Kengashining tashakkurnomasi bilan taqdirlanib, ularga esdalik sovg‘alar topshirildi.

🔂Tadbir samimiy muhitda o‘tib, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar, yangi maqsad va rejalar belgilab olindi. Yangi yil arafasida o‘tkazilgan ushbu tadbir barcha ishtirokchilarga katta ruhiy ko‘tarinkilik va yangi marralarni zabt etish uchun motivatsiya bag‘ishladi.

✨🎄Yangi yil barchamizga yangi zafarlar, baraka va muvaffaqiyatlar olib kelsin!

 ✈️

@sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 10