Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Saylovchilar muammolari deputatlar nazoratida
янв.21
Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganildi
янв.21
Xalqparvar komissiyasi qurilish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish holatini o‘rgandi
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat muassasalari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya raislari bilan uchrashuv o'tkazildi
янв.21
“Mahallaning ishbilarmon ayoli” tanlovi: Qamashida faol va tashabbuskor ayollar e’tirof etildi
янв.21
Deputat mahallalarda fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Deputat hunarmand tadbirkorlar bilan uchrashdi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurash – ustuvor vazifa
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

DEPUTAT XALQ ORASIDA

Sherobod tumani “Qizilolma” mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli Qizilolma qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan 2026-yil 22–23-yanvar kunlari kuzatilgan kuchli qor yog‘ishi oqibatida mahallaga olib boruvchi avtomobil yo‘llari qor va muz bilan qoplanib, fuqarolar harakati uchun xavfli holat yuzaga kelgani haqida murojaat kelib tushdi.

Mazkur murojaat Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi deputati, 2-Zarabog‘ saylov okrugi deputati X. Xojidinovga yetkazildi. Deputat murojaatni belgilangan tartibda joyiga chiqib o‘rganib, ushbu masala yuzasidan tumandagi mas’ul tashkilot va idoralar rahbarlariga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Natijada, qisqa fursat ichida tegishli xizmatlar tomonidan “Qizilolma” mahalla fuqarolar yig‘iniga olib boruvchi yo‘llar qor va muzdan tozalandi hamda fuqarolar uchun xavfsiz harakatlanish sharoiti yaratildi.

Slide 1 of 7