Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Saylovchilar muammolari deputatlar nazoratida
янв.21
Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganildi
янв.21
Xalqparvar komissiyasi qurilish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish holatini o‘rgandi
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat muassasalari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya raislari bilan uchrashuv o'tkazildi
янв.21
“Mahallaning ishbilarmon ayoli” tanlovi: Qamashida faol va tashabbuskor ayollar e’tirof etildi
янв.21
Deputat mahallalarda fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Deputat hunarmand tadbirkorlar bilan uchrashdi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurash – ustuvor vazifa
Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi yigirma to'rtinchi sessiyasi 29-dekabr kuni o‘tkaziladi

alq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi yigirma to'rtinchi sessiyasi 29-dekabr kuni o‘tkaziladi 

 

⭐️ Bu haqda xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi raisi Sh.Negmatovning bugun, 26-dekabrda qabul qilgan "Xalq deputatlari viloyat Kengashining yettinchi chaqiriq, yigirma to'rtinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida"gi Farmoyishida ma’lum qilindi.

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar koʻrib chiqiladi:

- Samarqand viloyatining 2026-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida;

- Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2024-yil 26-dekabrdagi “Samarqand viloyatining 2025-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida”gi VII-5-025-7-0-K/24-son qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida;

- Samarqand viloyatining 2026-yilda jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i bo‘yicha o‘rnatilgan soliq stavkalariga kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni, mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslarning ijara to‘lovini eng kam stavkalarining oshiruvchi koeffitsiyentlarini va Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun belgilangan stavkaga kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni tasdiqlash to‘g‘risida;

- o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida;

- Samarqand viloyatini 2026-yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida;

- Samarqand viloyatida “Zarbdor tajribasi” asosida sanoat, xizmat va qishloq xo‘jaligi sohalarida amalga oshiriladigan drayver loyihalar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish va ma’qullash haqida.

⚡️

 @sam_vil_deputatlari