Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Oila -- ma'naviyat bulog'i: "Farovon oila" loyihasi doirasida davra suhbati
янв.21
Har bir ezgu ish — kelajakka yo‘l ochadi.
янв.21
“Kreativ iqtisodiyot sari” — yangi imkoniyatlar maydoni
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Tuychi Yokubov Qamashi tumanida bo‘ldi
янв.21
"ZOOM" orqali хalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Partiya guruhi hamda doimiy komissiyaning qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qonunchilik palatasi deputati Qamashida fuqarolar bilan uchrashdi
янв.21
Nazorat -tahlil tadbiri o‘tkazildi
Doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi

Doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi

🟣Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo'lib o'tdi.

🔵Yig'ilishda sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan muhokamalar o'tkazildi. Tegishli mas'ullarga Sessya ishiga tayyorgarlik bo'yicha ko'rsatmalar berildi.

🤔Doimiy komissiya yig'ilishida quyidagi masalalar ko'rib chiqildi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi “2025-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi to‘g‘risida” PQ-12-son qarori ijrosi yuzasidan viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Maxmudov Temur Asomidinovichning hisoboti.

2. Avtomobillar yo‘llar qo‘mitasi tomonidan Xalqaro moliyaviy instituti mablag‘lari hisobidan xalqaro ahamiyatidagi A377 “Samarqand - Ayniy” avtomobil yo‘lining 0-37 km qismini rekonstruksiya qilish loyihasini amalga oshirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida.

3. Viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida. 

4. Viloyat hokimining ayrim qarorini tasdiqlash to‘g‘risida.

5. Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2025-yil 23-sentabrdagi “Viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida” VII-17-135-7-0-K/25-son qaror bilan ajratilgan mablag‘larning tejab qolingan qismini qaytadan yo‘naltirish to‘g‘risida.

6. Samarqand viloyatida Renovatsiya loyihasini tashabbus qilish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomini tasdiqlash to‘g‘risida.

7. Tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) o‘rnatish chizmasi loyihasini kelishish to‘g‘risida.

⚡️ @sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 6