Maktabgacha ta’lim kadrlar tayyorlashning birlamchi bo‘g‘ini
➡️Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Nargiza Kenjayeva "Maktabgacha ta’lim kadrlar tayyorlashning birlachi bo‘g‘ini" loyihasi doirasida Paxtachi tumanida mahalliy Kengash deputatlari hamda maktab va maktabgacha ta’lim tuman bo‘limi mutasaddilari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuvning asosiy maqsadi hududdagi maktabgacha ta’lim muassasalarining holatini o‘rganishdan iborat edi.
➡️Uchrashuvda maktabgacha ta’lim tashkilotlari infratuzilmasi, kadrlar bilan ta’minlanganlik holati, shuningdek, tarbiyalanuvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, qish mavsumiga tayyorgarlik holatlari muhokama qilindi. Mahalliy kengash deputatlar ham o‘z okruglaridan kelib chiqqgan holda maktabgacha ta’lim tashkilotlari orasida takliflarini bayon etishdi.
➡️Deputat Nargiza Kenjayeva barcha taklif va murojaatlarni shaxsan yozib oldi hamda tegishli mutasaddilarga joyida topshiriqlar berdi.
Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalarida “Oila va bog‘cha hamkorligi oyligi”ni joriy etish tashabbusi bilan chiqdi. Ushbu tashabbus orqali ota-onalar tarbiya jarayonida faol ishtirok etadi, bolalarning individual qobiliyatini erta aniqlash imkoni yaratiladi va tarbiyachilar bilan ota-onalar o‘rtasidagi ishonch mustahkamlanadi.
⚡️ @sam_vil_deputatlari