Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Qamashi tumani Kengashi tomonidan “O‘zbekiston-2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun mohiyati va uning amaliy ahamiyati to‘g‘risida muhokama yig‘ilishi tashkil etildi
янв.21
Xalq deputatlari Qamashi tuman Kengashining sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Oila -- ma'naviyat bulog'i: "Farovon oila" loyihasi doirasida davra suhbati
янв.21
Har bir ezgu ish — kelajakka yo‘l ochadi.
янв.21
“Kreativ iqtisodiyot sari” — yangi imkoniyatlar maydoni
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Tuychi Yokubov Qamashi tumanida bo‘ldi
янв.21
"ZOOM" orqali хalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Partiya guruhi hamda doimiy komissiyaning qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Samarqand — YUNESKO Bosh konferensiyasiga mezbonlik qilmoqda

Samarqand — YUNESKO Bosh konferensiyasiga mezbonlik qilmoqda

Bugun jahon hamjamiyati e’tibori tarix va ma’rifat maskani bo‘lgan Samarqand shahriga qaratilgan. Ma’rifat, ilm-fan va madaniyatni rivojlantirish bo‘yicha yetakchi xalqaro tashkilot — YUNESKOning navbatdagi Bosh konferensiyasi aynan shu qadimiy zaminda o‘tkazilayotgani yurtimiz uchun katta sharaf va mas’uliyatdir.

Samarqandning bunday nufuzli anjumanga mezbonlik qilishi tasodif emas. Chunki bu shahar asrlar davomida turli sivilizatsiyalar chorrahasida joylashgan, madaniy muloqot va bag‘rikenglik tamoyillarini targ‘ib etgan markaz sifatida dunyoga mashhur. Shu ma’noda, YUNESKOning asosiy g‘oyalari — tinchlik, madaniy xilma-xillik va insonparvarlik tamoyillari — Samarqand ruhi bilan uyg‘unlikda namoyon bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbuslari bilan so‘nggi yillarda madaniy merosni asrash, ta’lim va ilm sohasini rivojlantirish, jahon sivilizatsiyasiga hissa qo‘shish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xalqaro hamjamiyat tomonidan yuqori baholanmoqda. Samarqandda o‘tkazilayotgan ushbu konferensiya ham mamlakatimiz nufuzining yuksalib borayotganining yorqin ifodasidir.

Anjumanda dunyo mamlakatlarining delegatsiyalari, ilmiy doiralar va madaniyat arboblari ishtirok etmoqda. Konferensiya doirasida global ta’lim, ilm-fan, axborot texnologiyalari va madaniy merosni muhofaza qilish yo‘nalishlarida muhim qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda.

Shubhasiz, bu tadbir nafaqat O‘zbekistonning, balki butun mintaqaning madaniy va ma’rifiy nufuzini yanada oshiradi. Samarqand tarixi va bugungi taraqqiyoti yana bir bor xalqaro miqyosda e’tirof etildi.

🇺🇿Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati

Mirzayev Javoxir Fazliddin o‘g‘li

Slide 1 of 1