Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
OAV biz haqimizda...
янв.21
TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA QARORI IJROSI AMALDA: CHIG‘ANOQ MAHALLASIDA BUNYODKORLIK ISHLARI NAZORAT QILINDI
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya muhokama yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA KURASH OMMALASHTIRILMOQDA
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda
янв.21
ICHIMLIK SUVI INSHOOTINING TA’MIRLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Fuqarolar murojaati ijobiy yechim topildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati O'.Tojiyeva tomonidan fuqaro S.Mirzaqandovani bepul dori-darmon vositalari bilan ta’minlash masalasida yuborilgan deputatlik so‘roviga Qo‘qon shahar Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i K.B.Sirojiddinov tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

Deputatlik so‘rovi asosida Qo‘qon shahar 10-oilaviy poliklinikasi bosh shifokori F.Mamajonov, oila shifokori X.Tojiyeva hamda patronaj hamshira Sh.Axmedovalar tomonidan Nurafshon MFY, Firdavsiy ko‘chasi, 16-uyda yashovchi, 1955-yilda tug‘ilgan fuqaro Mirzaqandova Saddixonning salomatligi va dori-darmon bilan ta’minlanish holati atroflicha o‘rganib chiqildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, fuqaro S.Mirzaqandova 10-oilaviy poliklinikada dispanser nazoratida turishi hamda sog‘lig‘i bilan bog‘liq bir qator surunkali kasalliklar sababli muntazam tibbiy kuzatuvga muhtojligi aniqlandi.

Rasmiy javobda fuqaro amaldagi tartibga muvofiq har oyda bepul dori-darmon vositalari bilan ta’minlab kelinayotgani va ushbu jarayon tegishli daftarlarda qayd etilgani ma’lum qilindi.

Shu bilan birga, bemorga zarur bo‘lgan ayrim dori vositalari Sog‘liqni saqlash vazirligining 63-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan ro‘yxatga kiritilmagani sababli ularni xususiy dorixonalardan xarid qilishga to‘g‘ri kelayotgani qayd etildi. Fuqaroning salomatligini muntazam kuzatib borish, dispanser nazoratini davom ettirish va belgilangan tartibda bepul dori-darmonlar bilan ta’minlash masalasi e’tiborga olindi.

Mazkur o‘rganish orqali fuqaroning murojaati tegishli mutaxassislar tomonidan ko‘rib chiqilib, uning tibbiy holati va dori-darmon ta’minoti yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi.

Fuqaroning salomatligini kuzatib borish hamda amaldagi tartib doirasida bepul dori-darmonlar bilan ta’minlash masalasi deputat nazoratida bo‘lib, bu boradagi ishlar davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi