Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
OAV biz haqimizda...
янв.21
TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA QARORI IJROSI AMALDA: CHIG‘ANOQ MAHALLASIDA BUNYODKORLIK ISHLARI NAZORAT QILINDI
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya muhokama yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA KURASH OMMALASHTIRILMOQDA
янв.21
Fuqarolar murojaati ijobiy yechim topildi
янв.21
ICHIMLIK SUVI INSHOOTINING TA’MIRLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
“Bo‘ston” mahallasida mahalla raisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 14-“Degrizlik” saylov okrugidan saylangan deputat O.Bozarov tomonidan “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla raisining faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla raisi tomonidan aholi bilan ishlash, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, mahalladagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy holati, hududni obodonlashtirish, aholi turmush sharoitini yaxshilash hamda mahalla faollari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida aholi murojaatlari bilan tizimli ishlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Mahalla raisi faoliyatini takomillashtirish, fuqarolar manfaatlarini ta’minlash hamda hududdagi dolzarb masalalarga amaliy yechim topish bo‘yicha o‘rganish ishlari davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4