Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Biriktilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati: sessiya qarori ijrosi, oilaviy shifokorlik punktidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
INSON QADRI VA BEMORLAR UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
Maktabdagi ta’lim sharoitlari deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Xo‘jaobod mahallasida Kengash raisi tashabbusi bilan ichki yo‘lni asfaltlash ishlari boshlandi
янв.21
Deputat mahallada: Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya muhokama yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari va muammolari o‘rganildi
янв.21
Infratuzilma: ishlar joyida o‘rganildi
AHOLI MUROJAATI O‘RGANILDI: 4 KM YO‘LNI SHAG‘ALLASHTIRISH MASALASI

 AHOLI MUROJAATI O‘RGANILDI: 4 KM YO‘LNI SHAG‘ALLASHTIRISH MASALASI
📌 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati G. Xoliqulova tomonidan navbatdagi Kengash sessiyasiga kiritilgan masala — joriy yilning 9 oyi davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan tuman Xalq qabulxonasi mudiri D. Mamatqulovning axboroti tinglanishi oldidan Lolazor mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔎 O‘rganish davomida fuqaro Saidova Shoista tomonidan bildirilgan murojaatga e’tibor qaratildi. Jumladan, mahallaning Kamolot ko‘chasidagi 4 kilometr yo‘lni shag‘allashtirish masalasi ko‘tarildi.
📍 Mazkur murojaat aholi uchun qulay harakatlanish sharoitlarini yaratish va ichki yo‘llar holatini yaxshilash nuqtayi nazaridan o‘rganildi.
🤝 O‘rganish natijalari aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini tahlil qilish, mavjud muammolarni sessiya muhokamasida ko‘rib chiqish hamda ularning yechimi yuzasidan tegishli choralarni belgilashda muhim ahamiyatga ega.
Aholi murojaati — deputatlik nazorati va amaliy yechimlar uchun muhim asos!