O‘zbekiston Respublikasining 20.10.2020 yildagi “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-642-sonli Qonun ijrosini Jondor tumanida ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati Sh.Boboyev tashabbusi bilan Jondor tumanida ishsiz yoshlar uchun "Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi" tashkil etiladi !
🌏Aziz yoshlar!
🌏Joriy yilning 15-oktyabr kuni soat 09-00dan boshlab Jondor tuman markazidagi “Favvora” xiyobonida “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” o‘tкaziladi. Yarmarkada 79 ta korxona va tashkilot ish beruvchilari yoshlar bilan bevosita suhbat o‘tkazadi.
🌏Yarmarka davomida sizni nimalar kutmoqda?
• Ta’lim, sanoat, qishloq xo‘jaligi va tibbiyot sohalarida 316 ta bo‘sh ish o‘rni;
• Ish beruvchilar bilan bevosita suhbatlashish imkoniyati;
• 130 ta savdo joyi va 357 ta yer auksioni bo‘yicha maslahatlar;
• MKBank va Xalq bankining imtiyozli kreditlari bo‘yicha ma’lumotlar;
• Rezyume yozish bo‘yicha mahorat darsi.
🌏Mazkur yarmarkada oliy va o‘rta maxsus ta’lim bitiruvchilari, ish izlayotgan ishsiz yoshlar, boshlovchi tadbirkorlar, tadbirkor xotin-qizlar hamda kasbini o‘zgartirmoqchi bo‘lgan barcha yoshlar taklif etiladi.
🏦Kelajagingizni 15-oktyabr kuni boshlang!
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt