Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
OAV biz haqimizda...
янв.21
TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA QARORI IJROSI AMALDA: CHIG‘ANOQ MAHALLASIDA BUNYODKORLIK ISHLARI NAZORAT QILINDI
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya muhokama yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA KURASH OMMALASHTIRILMOQDA
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaati ijobiy yechim topildi
янв.21
ICHIMLIK SUVI INSHOOTINING TA’MIRLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
#Okrugda_o‘rganish #Deputat_va_nuroniylar #Mahalla_obodligi

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 11-“Guliston” saylov okrugidan saylangan deputat Mamatmuratov Azamat Karamatovich hamda mahalla nuroniylari ishtirokida okrug hududida joyiga chiqqan holda navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

📌 O‘rganish davomida quyidagilarga e’tibor qaratildi:
Obodonlashtirish va tozalik holati: Mahalla ko‘chalari bo‘ylab o‘tkazilgan ko‘zdan kechirish davomida yo‘l yoqasidagi toza-ozodalik, shox-shabba va yog‘och chiqindilarini tartibga keltirish hamda hududning umumiy qiyofasini yaxshilash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Infratuzilma va yo‘l holati: Mahalla ichki yo‘llarining holati, ariqlar va suv yo‘llarini tozalash hamda elektr ustunlari atrofidagi xavfsizlik choralarini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar belgilandi.

Nuroniylar bilan maslahat va hamkorlik: Hududdagi muammolarni bartaraf etishda boy hayotiy tajribaga ega mahalla nuroniylarining taklif va tavsiyalari eshitildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra aniqlangan kamchiliklarni qisqa fursatda bartaraf etish, obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish hamda tegishli mutasaddi tashkilotlarga murojaatlar yuborish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3