Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
OAV biz haqimizda...
янв.21
TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA QARORI IJROSI AMALDA: CHIG‘ANOQ MAHALLASIDA BUNYODKORLIK ISHLARI NAZORAT QILINDI
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya muhokama yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA KURASH OMMALASHTIRILMOQDA
янв.21
Fuqarolar murojaati ijobiy yechim topildi
янв.21
ICHIMLIK SUVI INSHOOTINING TA’MIRLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
“Yalang‘och ota” mahallasida tadbirkorlik va aholi bandligi masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 22-“Charxini ko‘prigi” saylov okrugidan saylangan deputat G.Rasulova tomonidan “Yalang‘och ota” mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ-327-sonli “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi hamda 2012-yil 2-maydagi O‘RQ-328-sonli “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunlari ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla hokim yordamchisi S.Shermatov tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni daromadli mehnatga jalb etish hamda o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davrida mahallada yuridik shaxslar tomonidan 9 ta, jismoniy shaxslar tomonidan esa 12 ta mikroloyiha tashkil etilgan.

Shuningdek, sentabr oyida 2 nafar fuqaroga kredit mablag‘lari ajratilishida ko‘maklashilgan. Ushbu chora-tadbirlar aholi daromadlarini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgani ta’kidlandi.

O‘rganish jarayonida tadbirkorlikni boshlash istagidagi fuqarolarni mavjud imtiyoz va imkoniyatlar haqida xabardor qilish, kredit mablag‘laridan samarali foydalanish hamda yangi daromad manbalarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4