Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Biriktilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati: sessiya qarori ijrosi, oilaviy shifokorlik punktidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
INSON QADRI VA BEMORLAR UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
Maktabdagi ta’lim sharoitlari deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Xo‘jaobod mahallasida Kengash raisi tashabbusi bilan ichki yo‘lni asfaltlash ishlari boshlandi
янв.21
Deputat mahallada: Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya muhokama yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari va muammolari o‘rganildi
янв.21
Infratuzilma: ishlar joyida o‘rganildi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi #deputatlik nazorati #Surxon sohili mahallasi #Aholi bilan muloqot Muammolar joyida o‘rganilmoqda: “Surxon sohili” mahallasida deputatlik nazorati

Xonadonma-xonadon o‘rganish, aholi murojaatlarini tinglash va muammolarga amaliy yechim topish — deputatlik nazoratining asosiy mezoni.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 17-«Surxon sohili» saylov okrugi deputati B.Rahmatullayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov mahalla raisi va faollari bilan birgalikda hududda ko‘chama-ko‘cha, xonadonma-xonadon o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganish davomida fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilinib, ularni qiynayotgan ijtimoiy-maishiy muammolar, mavjud taklif va tashabbuslar atroflicha tinglandi. Jumladan, bandlik, ijtimoiy yordam, kommunal xizmatlar sifati, hudud infratuzilmasi, obodonlashtirish hamda tomorqa yerlaridan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan fuqarolarning yashash sharoitlari o‘rganilib, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar va mavjud ko‘mak imkoniyatlari tahlil qilindi.

Murojaatlar e’tibordan chetda qolmaydi. O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli choralar belgilandi. Qo‘shimcha o‘rganish va mas’ul tashkilotlar ishtirokini talab qiladigan murojaatlarning ijrosini ta’minlash deputatlik nazoratiga olindi.


Mahalla raisi va faollari bilan hududdagi kamchiliklarni bartaraf etish, obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish hamda fuqarolar murojaatlarini
tizimli hal etish bo‘yicha hamkorlikdagi vazifalar belgilab olindi.



Deputatlik nazorati — muammoni aniqlashdan uning yechimigacha bo‘lgan jarayon. Aholi bilan bevosita muloqot va joyiga chiqqan holda o‘rganishlar fuqarolar manfaatlarini ta’minlash hamda mahalladagi dolzarb masalalarga amaliy yechim
topishga xizmat qiladi.
 

Slide 1 of 2