🇺🇿 Doimiy komissiya va biriktirilgan tashkilot hamkorligi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M. Pardayev Mudofaa vazirligi hamda tumandagi Mudofaaga ko‘maklashish bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda 82-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan “Jasorat maktabi” faoliyatini o‘rgandi.
🔎 O‘rganish davomida “Jasorat maktabi”da o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, mashg‘ulotlarning tashkil etilishi, harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishidagi ishlar hamda belgilangan vazifalarning ijrosi ko‘zdan kechirildi.
🤝 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berilib, “Jasorat maktabi” faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
📌 Doimiy komissiya va biriktirilgan tashkilotlar hamkorligi orqali hududdagi tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy o‘rganishlar va deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.