Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA KURASH OMMALASHTIRILMOQDA
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda
янв.21
ICHIMLIK SUVI INSHOOTINING TA’MIRLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Fuqarolar murojaati ijobiy yechim topildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati: sessiya qarori ijrosi, oilaviy shifokorlik punktidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
INSON QADRI VA BEMORLAR UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
Maktabdagi ta’lim sharoitlari deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Xo‘jaobod mahallasida Kengash raisi tashabbusi bilan ichki yo‘lni asfaltlash ishlari boshlandi
Istiqlol mahallasida o'rganish ishlari olib borildi

#deputat_okrugida #deputat_faoliyati #kotibiyat_mudiri_faoliyati #mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik #nazorat_tahlil

Istiqlol mahallasida o'rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 10-Yetimqum saylov okrugidan saylangan deputat B. Ochildiyev tuman Kengashi kotibiyati mudiri K. Muhammadiyev bilan birgalikda o‘zi saylangan saylov okrugidagi “Istiqlol” mahallasida mahalla raisining faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida mahalla raisi tomonidan hududda aholi bilan ishlash, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni tegishli tartibda hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, mahalladagi mavjud kamchiliklar hamda fuqarolarni qiynayotgan muammolar yuzasidan fikr almashilib, ularni deputatlik vakolatlari doirasida hal etish, zarur hollarda tegishli tashkilot va mas’ul idoralarga deputatlik so‘rovlari kiritish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

O‘rganish yakunida mahalladagi muammolarni tizimli ravishda o‘rganib borish, fuqarolar murojaatlarini nazoratga olish hamda aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish bo‘yicha kelishib olindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 1