Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA KURASH OMMALASHTIRILMOQDA
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaati ijobiy yechim topildi
янв.21
ICHIMLIK SUVI INSHOOTINING TA’MIRLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati: sessiya qarori ijrosi, oilaviy shifokorlik punktidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
INSON QADRI VA BEMORLAR UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
Maktabdagi ta’lim sharoitlari deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Xo‘jaobod mahallasida Kengash raisi tashabbusi bilan ichki yo‘lni asfaltlash ishlari boshlandi
Xomkon mahallasida deputatlik faoliyati doirasida o‘rganish o‘tkazildi

#deputat_okrugida #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati #mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik #nazorat_tahlil

Xomkon mahallasida deputatlik faoliyati doirasida o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 6-Xomkon saylov okrugidan saylangan deputat U. Yangiboyev tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A. Mamarajabov bilan birgalikda o‘ziga biriktirilgan saylov okrugidagi “Xomkon” mahallasida mahalla raisining faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida mahallada fuqarolar bilan ishlash, ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish, hududdagi mavjud muammolarni aniqlash hamda aholi manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, mahalladagi mavjud kamchiliklar va fuqarolarni qiynayotgan muammolar yuzasidan mahalla raisi bilan fikr almashildi.

Aniqlangan masalalarni deputatlik vakolatlari doirasida hal etish, tegishli tashkilot va mas’ul idoralar bilan hamkorlikda muammolarni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

O‘rganish yakunida hududda aniqlangan muammolarni tizimli ravishda o‘rganib borish, fuqarolarning murojaatlarini nazoratga olish hamda ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish belgilab olindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 1