Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Biriktilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
INSON QADRI VA BEMORLAR UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
Deputatlik nazorati: sessiya qarori ijrosi, oilaviy shifokorlik punktidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Maktabdagi ta’lim sharoitlari deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Xo‘jaobod mahallasida Kengash raisi tashabbusi bilan ichki yo‘lni asfaltlash ishlari boshlandi
янв.21
Deputat mahallada: Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya muhokama yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari va muammolari o‘rganildi
янв.21
Infratuzilma: ishlar joyida o‘rganildi
«Mustaqillik» mahallasida profilaktik o‘rganish ishlari olib borildi

#kunlik_ish_reja_ijrosi #mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik
#deputat_faoliyati #nazorat_tahlil
#deputat_okrugida

«Mustaqillik» mahallasida profilaktik o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining 22-Gulzor saylov okrugidan saylangan deputat E. Hamroyev o‘zi saylangan saylov okrugidagi «Mustaqillik» mahallasida hudud profilaktika inspektori bilan hamkorlikda profilaktik tadbir va o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganish davomida mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, aholi osoyishtaligini ta’minlash hamda yo‘l harakati xavfsizligiga rioya etilishi bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, mahalla aholisi bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazilib, fuqarolarning murojaat, muammo va takliflari tinglandi.

Aniqlangan masalalar deputatning murojaatlar daftariga qayd etilib, hal etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, mahallada xavfsizlik va osoyishtalikni ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda aholi bilan manzilli ishlashni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik faoliyati doirasida izchil davom ettiriladi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2