Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Biriktilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
INSON QADRI VA BEMORLAR UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
Deputatlik nazorati: sessiya qarori ijrosi, oilaviy shifokorlik punktidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Maktabdagi ta’lim sharoitlari deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Xo‘jaobod mahallasida Kengash raisi tashabbusi bilan ichki yo‘lni asfaltlash ishlari boshlandi
янв.21
Deputat mahallada: Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya muhokama yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari va muammolari o‘rganildi
янв.21
Infratuzilma: ishlar joyida o‘rganildi
“Zarbdor” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi

#saylovchilar_bilan_uchrashuv
#deputat_okrugida #kotibiyat_xodimi_faoliyati
#mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik
#fuqarolar_qabuli #murojaatlar_daftari

“Zarbdor” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 19-Zarbdor saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev tomonidan saylov okrugi hududidagi “Zarbdor” mahallasida mahalla yettiligi mas’ullari bilan hamkorlikda fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari bevosita tinglanib, ijtimoiy himoya, “Ayollar daftari”, yoshlarni ish bilan ta’minlash, moddiy yordam ko‘rsatish hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan 10 dan ortiq murojaat qabul qilindi.

Jumladan, fuqarolardan birining oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishda amaliy yordam ko‘rsatish, yana bir fuqaroning farzandini maktab formasi va o‘quv sumkasi bilan ta’minlash yuzasidan bildirgan murojaatlari mahalla ijtimoiy xodimi ishtirokida o‘rganilib, joyida ijobiy hal etildi.

Qabul davomida bildirilgan boshqa murojaatlar ham tegishliligi bo‘yicha o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilot va mas’ullarga yo‘naltirish, deputatlik vakolati doirasida deputatlik so‘rovlari yuborish hamda murojaatlarning ijrosini nazoratga olish belgilandi.

Fuqarolar bilan bunday ochiq muloqotlar saylovchilarning muammolarini bevosita o‘rganish, ularni hal etishda mahalla yettiligi va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda deputatlik faoliyatining amaliy samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2