#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati
❗️“SHON-SHUHRAT” MAHALLASIDAGI ISSIQ SUV TARMOQLARI YANGILANMOQDA
🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Farangiz Akramova 11-“Mayqo‘rg‘on” saylov okrugiga qarashli “Shon-shuhrat” mahallasida bo‘lib, hududdagi mavjud muammolar hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
🔎 O‘rganish davomida ko‘p qavatli uylarning muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari holati, aholini issiq suv bilan ta’minlash hamda ta’mirlash ishlaridan so‘ng hududni obodonlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
♨️ Xususan, Beshqo‘rg‘on dahasidagi 14-, 15- va 18-sonli ko‘p qavatli uylar oralig‘ida issiq suv ta’minotiga xizmat qiluvchi magistral quvur yangisiga almashtirildi. Ayni paytda quvur almashtirilgan hududda yo‘l qoplamasini tiklash va yangi asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda.
🏗 Mazkur ishlar Veolia Energy Tashkent tomonidan amalga oshirilmoqda. Deputat ishlarning borishi bilan tanishib, quvur yangilangandan so‘ng yo‘l qoplamasi va atrof hududni sifatli holatga keltirish masalasiga ham e’tibor qaratdi.
🔺 Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan bo‘lgan kuz-qish mavsumida isitish tizimlari holati, ko‘p qavatli uylar infratuzilmasi, issiq va sovuq suv ta’minoti hamda mahalla ichki yo‘llarining holatini joyiga chiqib o‘rganish vazifalari bilan bevosita bog‘liq.
🤝 Farangiz Akramova tomonidan “Shon-shuhrat” mahallasidagi mavjud muammolarni o‘rganish bilan bir qatorda, kuz-qish mavsumida aholi uchun zarur sharoitlarni ta’minlash, muhandislik tarmoqlarining barqaror ishlashi hamda ta’mirlashdan keyingi hududlarni tartibga keltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🛣 Shuningdek, kommunikatsiya tarmoqlarida olib borilgan ishlar ortidan yo‘l qoplamasini o‘z vaqtida va sifatli tiklash aholi hamda transport vositalarining qulay harakatlanishi uchun muhim ekani qayd etildi.
✅ Hududdagi muhandislik tarmoqlarini yangilash, yo‘l qoplamasini qayta tiklash va obodonlashtirish ishlari aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish hamda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rishga qaratilgan.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash