Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“Uch avlod uchrashuvi” — tarbiya va tajriba muloqoti

“Uch avlod uchrashuvi” — tarbiya va tajriba muloqoti

Pop tumanidagi 48 va 74-sonli umumta’lim maktabida tuman Kengashi raisi N.Abrorov va faol nuroniylar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi.

Uchrashuvda milliy qadriyatlar, odob-axloq, maktab formasiga rioya qilish, darslarni qoldirmaslik, telefondan me’yorda foydalanish hamda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama qilindi.

O‘quvchilar nuroniylarning hayotiy tajribasi va pand-nasihatlari ular uchun muhim ekanini ta’kidlab, bunday uchrashuvlarni muntazam tashkil etish taklifini bildirdilar.

Slide 1 of 7