Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

MUAMMOLAR DEPUTAT DAFTARIGA QAYD ETILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Saidov Ulug‘bek Aripovich tomonidan Qatortol mahallasida joylashgan 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida muassasa hududida aniqlangan muammolar deputatning “Deputat daftari”ga qayd etilib, uni bartaraf etish, bolalar uchun xavfsiz va qulay sharoit yaratish masalasi nazoratga olindi.

Deputat tomonidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilib, muammoni hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish taklif qilindi.

📌 Bolalar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish — ustuvor vazifamiz!

Slide 1 of 2