Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Biriktilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
INSON QADRI VA BEMORLAR UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
Deputatlik nazorati: sessiya qarori ijrosi, oilaviy shifokorlik punktidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Maktabdagi ta’lim sharoitlari deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Xo‘jaobod mahallasida Kengash raisi tashabbusi bilan ichki yo‘lni asfaltlash ishlari boshlandi
янв.21
Deputat mahallada: Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya muhokama yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari va muammolari o‘rganildi
янв.21
Infratuzilma: ishlar joyida o‘rganildi
Kengash_faoliyati

#19_1_modda
#kengash_raisi
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Navro‘z" mahallasida 500 m³ sig‘imli suv to‘plash inshooti hamda 3,4 mlrd so‘mlik gidrotexnik loyiha qurilishi ko‘zdan kechirildi

✅Bandixon tumanida aholi punktlarini kafolatlangan toza ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash, suv tarmoqlarini yangilash hamda qishloq xo‘jaligi yerlarining suv ta’minotini yaxshilash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi raisi E.N.Jurayev hamda tuman Kengashi bosh mutaxassisi E.Eshonqulov "Navro‘z" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, suv infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari jarayonini o‘rgandilar.

✅O‘rganish davomida "Navro‘z" MFY hududida bunyod etilayotgan 500 kub metr sig‘imga ega bo‘lgan ichimlik suvi to‘plash inshooti hamda yangi quvurlar yotqizish ishlari ko‘zdan kechirildi.

✅Shuningdek, "Surxondaryosuvqurilishinvest" DM buyurtmachiligida hamda "Xo‘jalik hisobidagi ta’mirlash jabxasi" MCHJ pudratchiligida amalga oshirilayotgan umumiy qiymati 3 milliard 432 million 967 ming so‘m bo‘lgan gidrotexnik loyihaning borishi tahlil qilindi. 150 kun ichida yakunlanishi ko‘zda tutilgan ushbu loyiha ekin maydonlarining suv ta’minotini yaxshilash va suv isrofining oldini olishga xizmat qiladi.

✅Tashrif yakunida ob’ektlarda qurilish sifatini ta’minlash va belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.

Slide 1 of 4