Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Biriktilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
INSON QADRI VA BEMORLAR UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
Deputatlik nazorati: sessiya qarori ijrosi, oilaviy shifokorlik punktidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Maktabdagi ta’lim sharoitlari deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Xo‘jaobod mahallasida Kengash raisi tashabbusi bilan ichki yo‘lni asfaltlash ishlari boshlandi
янв.21
Deputat mahallada: Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya muhokama yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari va muammolari o‘rganildi
янв.21
Infratuzilma: ishlar joyida o‘rganildi
“G‘ishtli masjid” mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish olib borildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Dehkanov tomonidan o‘zi saylangan hududdagi “G‘ishtli masjid” mahalla fuqarolar yig‘inida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla hududida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olish, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash hamda profilaktika tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Xususan, mahalla hududiga kirish va chiqish nuqtalarida o‘rnatilgan videokuzatuv kameralari, ularning uzluksiz ishlash holati, kuzatuv tizimlarining hududni qamrab olish darajasi hamda jamoat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiluvchi infratuzilma ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, profilaktika inspektori, mahalla faollari va boshqa mas’ul tuzilmalar o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmlari, hududda xavfsiz muhitni shakllantirish, muammoli vaziyatlarni barvaqt aniqlash hamda fuqarolar bilan profilaktik ishlarni samarali tashkil etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, videokuzatuv tizimlaridan samarali foydalanish, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda fuqarolarning xavfsiz yashash muhitini mustahkamlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Uchrashuv va o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi X.Abdullayev tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2