Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Biriktilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati: sessiya qarori ijrosi, oilaviy shifokorlik punktidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
INSON QADRI VA BEMORLAR UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
Maktabdagi ta’lim sharoitlari deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Xo‘jaobod mahallasida Kengash raisi tashabbusi bilan ichki yo‘lni asfaltlash ishlari boshlandi
янв.21
Deputat mahallada: Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya muhokama yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari va muammolari o‘rganildi
янв.21
Infratuzilma: ishlar joyida o‘rganildi
#deputat_va_hokim_o‘rinbosari #kunlik_ish_reja_ijrosi #19_1_modda #kotibiyat_xodimi_faoliyati #okrugda_o‘rgaish #24_ta_masala

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi tomonidan mahalla hududlarida obyektlar holati va kommunal xizmatlar samaradorligini oshirish maqsadida navbatdagi deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganish joyida — Bo‘ston mahallasida olib borilib, unda 12-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputat, Kengash Kotibiyati mudiri M.Xujanov, tuman hokimining o‘rinbosari Sh.Mo‘minov hamda Kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar qatnashdilar.

O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagi masalalarga qaratildi:

Boshqaruv kompaniyalari faoliyati:

Boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan ko‘p qavatli xonadonlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va rejalashtirilgan ishlarning ijrosi tahlil qilindi.

Ko‘p qavatli uylar holati: Uylarning ichki yo‘laklari (pod’ezdlar), yerto‘la qismlari va tutash hududlarning sanitariya-gigiyena holati, tozaligi hamda tungi yoritish tizimlarining sozligi ko‘zdan kechirildi.

Aholi va mas’ullar bilan muloqot: Joylardagi obyektlar, jumladan savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari Dorixona binosi atrofi, tutash hududlar obodonchiligi hamda tegishli lojiha-reja hujjatlari mas’ullar va mutaxassislar ihtirokida batafsil muhokama qilindi.

O‘rganish natijalari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 7