35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Sessiya oldi doimiy komissiya tomonidan joyiga chiqib tashkilot rahbarining hisoboti muhokama qilindi
янв.21
Iskovut mahallasida profilaktika va soliq intizomi masalalari muhokama qilindi
янв.21
Temir yo‘l muhofaza zonasida tartibga keltirish ishlari olib borildi
янв.21
Kengash raisi Muqumiy mahallasida bunyodkorlik ishlarini muhokama qildi
янв.21
Ipak yo‘li mahallasidagi ko‘p qavatli uylarda liftlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Shayxon mahallasida 3,6 kilometr ichki yo‘l asfaltlandi
янв.21
Chodak hududida mahalla yettiligi va nuroniylar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Sino Shifo xususiy klinikasida tibbiy xizmatlar faoliyati o‘rganildi
Muammolar o‘rganildi

Muammolar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Azizbek Erkinov Paxtakor mahallasi Porloq ko‘chasi ko‘cha boshi Jumakov Komiljon bilan birgalikda hududdagi mavjud muammolarni o‘rgandi.
O‘rganish davomida mahalla aholisi bilan bevosita muloqot qilinib, fuqarolarni qiynayotgan masalalar, hududdagi ijtimoiy va infratuzilmaga oid muammolar hamda ularni hal etish bo‘yicha takliflar atroflicha o‘rganildi.
Fuqarolar murojaatlarini joyida tinglash, mavjud muammolarga amaliy yechim topish hamda aholining turmush sharoitini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish, ularning ijrosini nazoratga olish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Bunday sayyor o‘rganishlar xalq bilan ochiq va samimiy muloqotni kuchaytirish, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda hududni kompleks rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.