35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Sessiya oldi doimiy komissiya tomonidan joyiga chiqib tashkilot rahbarining hisoboti muhokama qilindi
янв.21
Iskovut mahallasida profilaktika va soliq intizomi masalalari muhokama qilindi
янв.21
Temir yo‘l muhofaza zonasida tartibga keltirish ishlari olib borildi
янв.21
Kengash raisi Muqumiy mahallasida bunyodkorlik ishlarini muhokama qildi
янв.21
Ipak yo‘li mahallasidagi ko‘p qavatli uylarda liftlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Shayxon mahallasida 3,6 kilometr ichki yo‘l asfaltlandi
янв.21
Chodak hududida mahalla yettiligi va nuroniylar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Sino Shifo xususiy klinikasida tibbiy xizmatlar faoliyati o‘rganildi
DAVLAT TILI — DAVLAT BOSHQARUVI VA ISH YURITISHINING MUHIM ASOSI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta’minlash masalasi atroflicha ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda tuman tashkilotlari va muassasalarida davlat tilida ish yuritish holati, hujjatlarning belgilangan talablarga muvofiqligi hamda davlat tilidan amaliy foydalanish darajasini o‘rganish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔹 Mazkur yo‘nalishda mavjud holatni xolisona o‘rganish, aniqlangan kamchiliklarni belgilash va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish maqsadida ishchi guruh shakllantirildi.
🔹 Shuningdek, tuman hokimi maslahatchisi O. Norimova ham mazkur ishchi guruh tarkibiga kiritildi.
📌 Ishchi guruh tomonidan tuman tashkilotlarida davlat tilida ish yuritish amaliyoti o‘rganilib, natijalari tegishli tartibda Doimiy komissiya muhokamasiga kiritiladi.

Slide 1 of 3