35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Sessiya oldi doimiy komissiya tomonidan joyiga chiqib tashkilot rahbarining hisoboti muhokama qilindi
янв.21
Iskovut mahallasida profilaktika va soliq intizomi masalalari muhokama qilindi
янв.21
Temir yo‘l muhofaza zonasida tartibga keltirish ishlari olib borildi
янв.21
Kengash raisi Muqumiy mahallasida bunyodkorlik ishlarini muhokama qildi
янв.21
Ipak yo‘li mahallasidagi ko‘p qavatli uylarda liftlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Shayxon mahallasida 3,6 kilometr ichki yo‘l asfaltlandi
янв.21
Chodak hududida mahalla yettiligi va nuroniylar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Sino Shifo xususiy klinikasida tibbiy xizmatlar faoliyati o‘rganildi
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN MIROBOD DEHQON BOZORI OLDIDAGI FAVVORALAR YANA ISHGA TUSHDI

#Deputatlik_nazorati #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ DEPUTAT TASHABBUSI BILAN MIROBOD DEHQON BOZORI OLDIDAGI FAVVORALAR YANA ISHGA TUSHDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Otabek Jiyanboyev Mirobod tumanidagi “Abdulla Avloniy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan Mirobod dehqon bozori va uning atrofidagi maydonlarning obodonlashtirish hamda sanitariya holatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

🤝 O‘rganish jarayonida deputatga Mirobod dehqon bozori ma’muriyati rahbari B. Rustamov hamrohlik qilib, hududdagi mavjud sharoitlar, amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari va fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklar yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.

🌿 O‘rganish davomida mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan kelib chiqib, bozor va uning atrofidagi hududlarning sanitariya holati, yashil maydonlarni parvarishlash, drenaj tizimlari, jamoat joylarining obodonligi hamda fuqarolar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

⛲ Ayniqsa, yozning issiq kunlarida hududga tashrif buyuruvchi fuqarolar uchun yanada qulay va salqin muhit yaratish maqsadida bozor oldidagi favvoralarni qayta ishga tushirish tashabbusi ilgari surildi. Deputat tashabbusi va mas’ullar bilan olib borilgan muloqot natijasida bugungi kunda mazkur favvoralar yana ishga tushirildi.

🔺 Qayd etilganidek, favvoralarning faoliyat ko‘rsatishi hududning estetik qiyofasini yanada yaxshilash bilan birga, ayniqsa yozning yuqori haroratli kunlarida fuqarolar uchun yoqimli va salqin muhit yaratishga xizmat qilmoqda.

🔎 Shu bilan birga, hududdagi drenaj tizimi uchun mo‘ljallangan ariqlarning holatini yaxshilash, maysazorlarni tartibga keltirish, bozor va uning atrofini doimiy ravishda ozoda saqlash, mavjud panjaralarni bo‘yash va obodonlashtirish masalalari ham o‘rganildi.

🧹 Aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, sanitariya-tozalik ishlarini kuchaytirish va hududning obodligini muntazam saqlab borish yuzasidan bozor ma’muriyati hamda tegishli mas’ullar bilan kelishib olindi.

📉 Otabek Jiyanboyev tomonidan mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida bozorlar va jamoat joylarining holati, aholi uchun qulay infratuzilma yaratish, parklar va yashil hududlarni saqlash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish hamda sanitariya talablariga rioya etish masalalarini muntazam o‘rganib borish muhimligi ta’kidlandi.

🤝 Deputat tomonidan hududdagi aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilishi, favvoralarning barqaror ishlashi va bozor atrofining obod hamda ozoda saqlanishi deputatlik nazoratida davom ettirilishi qayd etildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 8