35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Sessiya oldi doimiy komissiya tomonidan joyiga chiqib tashkilot rahbarining hisoboti muhokama qilindi
янв.21
Iskovut mahallasida profilaktika va soliq intizomi masalalari muhokama qilindi
янв.21
Temir yo‘l muhofaza zonasida tartibga keltirish ishlari olib borildi
янв.21
Kengash raisi Muqumiy mahallasida bunyodkorlik ishlarini muhokama qildi
янв.21
Ipak yo‘li mahallasidagi ko‘p qavatli uylarda liftlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Shayxon mahallasida 3,6 kilometr ichki yo‘l asfaltlandi
янв.21
Chodak hududida mahalla yettiligi va nuroniylar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Sino Shifo xususiy klinikasida tibbiy xizmatlar faoliyati o‘rganildi
Deputat so‘rovi ijrosi ta’minlandi: Muammo o‘z yechimini topdi

Deputat tomonidan “Bog‘zor” mahallasining Avesto ko‘chasida elektr uzatish tarmoqlariga tegib turgan daraxt shoxlari sabab yuzaga kelayotgan avariyaviy holatlar va elektr ta’minotidagi uzilishlar yuzasidan Termiz shahar elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i Sh. Achilov nomiga deputat so‘rovi yuborilgan edi.

💬Deputat so‘rovi ijrosi yuzasidan Termiz shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tezkor choralar ko‘rildi. Xususan, elektr tarmoqlariga xavf tug‘dirayotgan daraxt shoxlari maxsus texnika va mutaxassislar ishtirokida kesilib, elektr uzatish liniyalarining xavfsiz faoliyati ta’minlandi.

💬Natijada:

🟢elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldi olindi;
🟢aholi uchun xavfsiz muhit yaratildi;
elektr energiyasi ta’minotining barqarorligi yaxshilandi;
🟢fuqarolar murojaatida ko‘tarilgan muammo bartaraf etildi.

💬Fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, joylardagi muammolarni aniqlash va ularni amaliy hal etish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

🫥Deputat tomonidan yuborilgan so‘rovning amaliy natija bergani, aholi manfaatlarini himoya qilish va muammolarni joyida hal etishda deputatlik nazoratining muhim ahamiyatga ega ekanini yana bir bor tasdiqladi.

Slide 1 of 4