35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Sessiya oldi doimiy komissiya tomonidan joyiga chiqib tashkilot rahbarining hisoboti muhokama qilindi
янв.21
Iskovut mahallasida profilaktika va soliq intizomi masalalari muhokama qilindi
янв.21
Temir yo‘l muhofaza zonasida tartibga keltirish ishlari olib borildi
янв.21
Kengash raisi Muqumiy mahallasida bunyodkorlik ishlarini muhokama qildi
янв.21
Ipak yo‘li mahallasidagi ko‘p qavatli uylarda liftlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Shayxon mahallasida 3,6 kilometr ichki yo‘l asfaltlandi
янв.21
Chodak hududida mahalla yettiligi va nuroniylar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Sino Shifo xususiy klinikasida tibbiy xizmatlar faoliyati o‘rganildi
MAHALLADAGI SOLIQ INSPEKTORI FAOLIYATI DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 4-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputat Usipxodjayev Yerlan Ormanovich tomonidan o‘zi saylangan okrug hududidagi “Bo‘ston” mahallasida faoliyat yuritayotgan soliq inspektorining zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosi deputatlik nazorati tartibida ko‘rib chiqildi.Jarayon davomida deputat hamda mahalla soliq inspektori F.Hayriddinova hududdagi tadbirkorlik subyektlari
faoliyati bilan yaqindan tanishib, ularning faoliyatida uchrayotgan muammolar,soliq qonunchiligidagi yangiliklardan xabardorlik darajasi hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga oid masalalar yuzasidan suhbatlashdi.Shuningdek, tadbirkorlarga amaldagi soliq islohotlari, soliq majburiyatlari, mavjud imtiyozlar hamda qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgarishlar bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi. Uchrashuv davomida ular o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob olib, faoliyatlarini yanada samarali tashkil etish yuzasidan amaliy tavsiyalar bilan tanishtirildi.Ta’kidlanganidek, mazkur deputatlik nazorati tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning soliqqa oid huquqiy savodxonligini oshirish, soliq qonunchiligiga rioya etilishini ta’minlash hamda mahallalarda soliq intizomini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
  

Slide 1 of 4