35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Sessiya oldi doimiy komissiya tomonidan joyiga chiqib tashkilot rahbarining hisoboti muhokama qilindi
янв.21
Iskovut mahallasida profilaktika va soliq intizomi masalalari muhokama qilindi
янв.21
Temir yo‘l muhofaza zonasida tartibga keltirish ishlari olib borildi
янв.21
Kengash raisi Muqumiy mahallasida bunyodkorlik ishlarini muhokama qildi
янв.21
Ipak yo‘li mahallasidagi ko‘p qavatli uylarda liftlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Shayxon mahallasida 3,6 kilometr ichki yo‘l asfaltlandi
янв.21
Chodak hududida mahalla yettiligi va nuroniylar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Sino Shifo xususiy klinikasida tibbiy xizmatlar faoliyati o‘rganildi
DEPUTAT TOMONIDAN “BO‘STON” MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 4-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputat Usipxodjayev Yerlan Ormanovich tomonidan deputatlik nazorati doirasida o‘zi saylangan hudud — “Bo‘ston” mahallasida
xotin-qizlar faolining faoliyati o‘rganildi.Jarayon davomida mahalla xotin-qizlar faoli M.Xikmatova tomonidan oilalarni mustahkamlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi. Shuningdek, mahallada xotin-qizlar bilan ishlash tizimi,mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.Ma’lum qilinishicha, 2026-yil davomida “Ayollar daftari”ga 67 nafar xotin-qiz kiritilgan. Hozirgi kunga qadar ulardan 34 nafari doimiy ish bilan ta’minlangan. Shuningdek, 2 nafar xotin-qizga oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun imtiyozli kredit ajratilgan, 1 nafar ayolga uy-joyini ta’mirlash maqsadida qurilish materiallari olib berilgan hamda 10 nafar xotin-qizga huquqiy yordam ko‘rsatilgan.O‘rganish davomida deputat tomonidan xotin-qizlar faoliga “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha yana qanday amaliy choralar rejalashtirilgani, imtiyozli kredit olgan xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyati bugungi holati, shuningdek,ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlashda uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar yuzasidan savollar berildi. Mas’ul tomonidan ushbu savollarga batafsil javob berilib, kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida ma’lumot taqdim etildi.Deputat tomonidan xotin-qizlar bandligini yanada oshirish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga kengroq jalb etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda oilalarda sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar
samaradorligini oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
  

Slide 1 of 2