35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Sessiya oldi doimiy komissiya tomonidan joyiga chiqib tashkilot rahbarining hisoboti muhokama qilindi
янв.21
Iskovut mahallasida profilaktika va soliq intizomi masalalari muhokama qilindi
янв.21
Temir yo‘l muhofaza zonasida tartibga keltirish ishlari olib borildi
янв.21
Kengash raisi Muqumiy mahallasida bunyodkorlik ishlarini muhokama qildi
янв.21
Ipak yo‘li mahallasidagi ko‘p qavatli uylarda liftlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Shayxon mahallasida 3,6 kilometr ichki yo‘l asfaltlandi
янв.21
Chodak hududida mahalla yettiligi va nuroniylar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Sino Shifo xususiy klinikasida tibbiy xizmatlar faoliyati o‘rganildi
OPEN BUDJET: SPORT MAKTABI YANGILANMOQDA

#Open_budjet_ijrosi #Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol #haftalik_ish_reja_ijrosi #Doimiy_kimissiya_nazorati

OPEN BUDJET: SPORT MAKTABI YANGILANMOQDA

🇺🇿 Open budjet loyihasining 2026-yil 1-mavsumi g‘olibi bo‘lgan Uchtepa tumanidagi 1-sonli sport maktabida amalga oshirilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlari xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Jamshid Karimov hamda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.

🕯 Loyiha doirasida sport maktabi binosining ichki va tashqi qismini mukammal ta'mirlash, tom qismini rekonstruksiya qilish, isitish tizimini yangilash, elektr tarmoqlarini almashtirish, sport zalining pol qoplamasini ta'mirlash hamda quyosh panellarini o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.

💬 O‘rganish davomida deputatlar qurilish-montaj ishlarining borishi, foydalanilayotgan qurilish materiallari va uskunalarning sifati bilan yaqindan tanishdi. Ishlarning belgilangan loyiha-smeta hujjatlari hamda qurilish me'yorlari asosida olib borilishi yuzasidan mutaxassislar bilan fikr almashilib, pudratchi tashkilot vakillariga sifat va muddat masalalariga alohida e'tibor qaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

📁 Qayd etilganidek, Open budjet loyihasi orqali Uchtepa tumanida ta'lim, sport va boshqa ijtimoiy soha obyektlarida keng ko‘lamli qurilish hamda rekonstruksiya ishlari izchil amalga oshirilmoqda. Bu esa fuqarolar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish va aholiga yanada qulay sharoitlar yaratishga xizmat qilmoqda.

📈 Mazkur obyektdagi qurilish-ta'mirlash ishlari deputatlik nazoratida davom ettiriladi.

Slide 1 of 7