35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Sessiya oldi doimiy komissiya tomonidan joyiga chiqib tashkilot rahbarining hisoboti muhokama qilindi
янв.21
Iskovut mahallasida profilaktika va soliq intizomi masalalari muhokama qilindi
янв.21
Temir yo‘l muhofaza zonasida tartibga keltirish ishlari olib borildi
янв.21
Kengash raisi Muqumiy mahallasida bunyodkorlik ishlarini muhokama qildi
янв.21
Ipak yo‘li mahallasidagi ko‘p qavatli uylarda liftlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Shayxon mahallasida 3,6 kilometr ichki yo‘l asfaltlandi
янв.21
Chodak hududida mahalla yettiligi va nuroniylar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Sino Shifo xususiy klinikasida tibbiy xizmatlar faoliyati o‘rganildi
🏛 DEPUTATNING HUQUQLARI

🏛 DEPUTATNING HUQUQLARI

Deputat — xalq manfaatlarini ifodalovchi vakil. Uning huquqlari mahalliy Kengash faoliyatida faol ishtirok etish, muhim masalalarni ilgari surish va fuqarolar manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.
🔹 Ovoz berish huquqi
Deputat xalq deputatlari Kengashi majlislarida ko‘rib chiqilayotgan barcha masalalar bo‘yicha hal qiluvchi ovoz huquqidan foydalanadi.
🔹 Saylash va saylanish huquqi
Deputat xalq deputatlari Kengashining doimiy hamda muvaqqat komissiyalariga saylash va saylanish huquqiga ega.
🔹 Taklif kiritish huquqi
Deputat xalq deputatlari Kengashi majlisida ko‘rib chiqilishi uchun masalalarni taklif etish huquqiga ega.
🔹 Deputat so‘rovi yuborish huquqi
Deputat davlat hokimiyati organlarining mansabdor shaxslariga deputat so‘rovi yuborish huquqiga ega.
📌 Deputatning huquqlari — xalq manfaatlarini himoya qilish, hududdagi dolzarb masalalarni ko‘tarish va ularning yechimiga erishishda muhim huquqiy asosdir.