35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Sessiya oldi doimiy komissiya tomonidan joyiga chiqib tashkilot rahbarining hisoboti muhokama qilindi
янв.21
Iskovut mahallasida profilaktika va soliq intizomi masalalari muhokama qilindi
янв.21
Temir yo‘l muhofaza zonasida tartibga keltirish ishlari olib borildi
янв.21
Kengash raisi Muqumiy mahallasida bunyodkorlik ishlarini muhokama qildi
янв.21
Ipak yo‘li mahallasidagi ko‘p qavatli uylarda liftlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Shayxon mahallasida 3,6 kilometr ichki yo‘l asfaltlandi
янв.21
Chodak hududida mahalla yettiligi va nuroniylar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Sino Shifo xususiy klinikasida tibbiy xizmatlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: Popda bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi
#o'rganish #biriktirilgan tashkilot faoliyatidan

Xalq deputatlari shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, xavfsizlik va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan davlat idoralari faoliyatining ochiqligi va qonuniyligini ta’minlash borasida tizimli o‘rganishlar olib borilmoqda.
Xususan, mazkur doimiy komissiya raisi Matluba Ashurovaga biriktirilgan hududiy tashkilot — shahar Adliya bo‘limi faoliyati tahlil qilindi.
O‘rganishda shahar Kengashi kotibiyatidan biriktirilgan vakil Sevara Qodirova tomonidan amalga oshirildi.

🔹Fuqarolarning huquqiy masalalardagi murojaatlarini ko‘rib chiqish muddati va sifati;
🔹Davlat xizmatlari ko‘rsatishda ortiqcha qog‘ozbozlik va sansalorlik holatlarining oldini olish choralari;
🔹Bo‘lim tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qilib borish va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish holati.
Muhim xulosa: O‘rganish davomida aniqlangan yutuq va kamchiliklar tahlil qilinib, bo‘lim faoliyati samaradorligini yanada oshirish, aholiga huquqiy yordam ko‘rsatish tizimini soddalashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.
Mazkur o‘rganish natijalari Xalq deputatlari shahar Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishida atroflicha muhokama qilinishi rejalashtirilgan. Davlat organlarining xalqqa xizmat qilishi va ochiqligini ta’minlash borasidagi deputatlik nazorati tadbirlari davom etadi.

Slide 1 of 3