35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Sessiya oldi doimiy komissiya tomonidan joyiga chiqib tashkilot rahbarining hisoboti muhokama qilindi
янв.21
Iskovut mahallasida profilaktika va soliq intizomi masalalari muhokama qilindi
янв.21
Temir yo‘l muhofaza zonasida tartibga keltirish ishlari olib borildi
янв.21
Kengash raisi Muqumiy mahallasida bunyodkorlik ishlarini muhokama qildi
янв.21
Ipak yo‘li mahallasidagi ko‘p qavatli uylarda liftlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Shayxon mahallasida 3,6 kilometr ichki yo‘l asfaltlandi
янв.21
Chodak hududida mahalla yettiligi va nuroniylar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Sino Shifo xususiy klinikasida tibbiy xizmatlar faoliyati o‘rganildi
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi

#deputatlik_nazorati_Uchtepa
#deputat_so'rovi


🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga "Adolat" SDPdan saylangan "20-Xirmontepa" okrugi deputati Malikova Saodat Tolipovna tomonidan Uchtepa tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikasiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Nurali Ismatovga navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi.

📁 Uchtepa tumani Birlik mahallasi hududida fuqarolar bilan o‘tkazilgan uchrashuv hamda hududni o‘rganish davomida 3A-, 4A- va 5A-sonli ko‘p qavatli uylar boshqaruvchilari hamda Birlik mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi tomonidan mazkur ko‘p qavatli uylar orqa qismidagi piyodalar yo‘lagi bo‘ylab joylashgan daraxtlarga shakl berish, qurigan va piyodalar harakatiga halaqit berayotgan shox-shabbalarni sanitariya kesimidan o‘tkazish hamda hududni tartibga keltirish zarurligi yuzasidan murojaat bildirildi qayd etilgan.

📈 Mazkur murojaat joyiga chiqib o‘rganilganda, 3A-, 4A- va 5A-sonli ko‘p qavatli uylar orqa qismidagi piyodalar yo‘lagi bo‘ylab o‘sayotgan ayrim daraxtlarning shox-shabbalari tartibsiz o‘sgani, piyodalar harakatlanishiga noqulaylik tug‘dirayotgani hamda hududni obodonlashtirish va daraxtlarni agrotexnik me’yorlar asosida parvarishlash zarurligi aniqlangan.

🗣 Yuqoridagilardan kelib chiqib, Birlik mahallasidagi 3A-, 4A- va 5A-sonli ko‘p qavatli uylar orqa qismidagi piyodalar yo‘lagi bo‘ylab joylashgan daraxtlarning holatini belgilangan tartibda o‘rganib chiqishingizni, ularga amaldagi agrotexnik me’yorlar asosida shakl berish, sanitariya kesimi ishlarini amalga oshirish hamda hududni tartibga keltirish yuzasidan zarur amaliy choralarni ko‘rishingizni, shuningdek, ko‘rilgan choralar hamda amalga oshirilgan ishlar natijalari haqida belgilangan tartibda yozma javob taqdim etish so'ralgan.

🗣 Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan o‘rganish natijalari hamda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talabi qo‘yilgan. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.

Slide 1 of 1