35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Sessiya oldi doimiy komissiya tomonidan joyiga chiqib tashkilot rahbarining hisoboti muhokama qilindi
янв.21
Iskovut mahallasida profilaktika va soliq intizomi masalalari muhokama qilindi
янв.21
Temir yo‘l muhofaza zonasida tartibga keltirish ishlari olib borildi
янв.21
Kengash raisi Muqumiy mahallasida bunyodkorlik ishlarini muhokama qildi
янв.21
Ipak yo‘li mahallasidagi ko‘p qavatli uylarda liftlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Shayxon mahallasida 3,6 kilometr ichki yo‘l asfaltlandi
янв.21
Chodak hududida mahalla yettiligi va nuroniylar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Sino Shifo xususiy klinikasida tibbiy xizmatlar faoliyati o‘rganildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Doimiy_komissiya_faoliyatidan

📌 Navbatdagi sessiya oldidan saylovchilar fikri o‘rganilmoqda

🤝 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi N. Saidova, Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari S. Eshonqulov hamda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 6-Navbur–Dehqonariq saylov okrugi deputati M. Madarqulov tomonidan "Dehqonariq" mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi saylovchilar bilan uyma-uy muloqotlar olib borildi.

📝 O‘rganishlar davomida fuqarolarning murojaatlari, fikr va takliflari tinglanib, hududdagi dolzarb ijtimoiy masalalar atroflicha o‘rganildi.

📋 Shuningdek, Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan jamoatchilik fikri o‘rganilib, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda hududni yanada rivojlantirishga qaratilgan takliflar shakllantirildi.

✅ Bunday uchrashuvlar aholining murojaatlarini joyida o‘rganish, muammolarga yechim topish va fuqarolar bilan ochiq muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 4