35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Sessiya oldi doimiy komissiya tomonidan joyiga chiqib tashkilot rahbarining hisoboti muhokama qilindi
янв.21
Iskovut mahallasida profilaktika va soliq intizomi masalalari muhokama qilindi
янв.21
Temir yo‘l muhofaza zonasida tartibga keltirish ishlari olib borildi
янв.21
Kengash raisi Muqumiy mahallasida bunyodkorlik ishlarini muhokama qildi
янв.21
Ipak yo‘li mahallasidagi ko‘p qavatli uylarda liftlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Shayxon mahallasida 3,6 kilometr ichki yo‘l asfaltlandi
янв.21
Chodak hududida mahalla yettiligi va nuroniylar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Sino Shifo xususiy klinikasida tibbiy xizmatlar faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari L.Toshquvvatov va S.Nomozovlar Xalqaobod maxallasida aholini toza va sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash, shuningdek, kanalizatsiya tizimlari faoliyatining samaradorligini o‘rganish maqsadida joyiga chiqqan holda monitoring ishlari amalga oshirildi.
O‘rganish jarayonida ichimlik suvi ta’minoti tizimining amaldagi holati, suv inshootlarining ishlash jarayoni hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, ichimlik suvining sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida suv namunalari olinib, laboratoriya tahliliga yuborildi.
Tahlil natijalari asosida mavjud holatga huquqiy va amaliy baho berilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholini sifatli ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olinadi.
Mazkur o‘rganishlar aholining hayot sifati va salomatligini muhofaza qilish, shuningdek, kommunal xizmatlar samaradorligini oshirishga qaratilgan deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 3