35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Iskovut mahallasida profilaktika va soliq intizomi masalalari muhokama qilindi
янв.21
Temir yo‘l muhofaza zonasida tartibga keltirish ishlari olib borildi
янв.21
Kengash raisi Muqumiy mahallasida bunyodkorlik ishlarini muhokama qildi
янв.21
Ipak yo‘li mahallasidagi ko‘p qavatli uylarda liftlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Shayxon mahallasida 3,6 kilometr ichki yo‘l asfaltlandi
янв.21
Chodak hududida mahalla yettiligi va nuroniylar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Sino Shifo xususiy klinikasida tibbiy xizmatlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: Popda bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi
янв.21
Yangi Xo‘jabod mahallasi Kengash raisi nazoratida
янв.21
Eski To‘da mahallasida mahalla raisi va xotin qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
Kengash_faoliyati

#haftalik_ish_reja
#162_qonun
#24_ta_masala
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi

QONUN USTUVORLIGI VA IJTIMOIY HIMOYA NAZORATDA: "Bandixon" mahallasida Rais, Profilaktika inspektori va Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Bandixon tumanida mahalla tizimida ochiqlik va natijadorlikni ta’minlash, aholining ijtimoiy-huquqiy himoyasini kuchaytirish hamda "mahalla yettiligi" faollari hamkorligini tizimli tahlil qilish borasidagi deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 1-“Bandixon” saylov okrugidan saylangan deputati Hasan Aliqulovich Abdimo'minov hamda tuman Kengashi kotibiyati xodimi E.Eshonqulovlar “Bandixon” mahallasida bo‘lib, navbatdagi nazorat-tahlil tadbirlarini o‘tkazdilar.

Mazkur o‘rganish jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF–116-sonli “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni hamda deputatlar faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari doirasida tashkil etildi.

Tashrif davomida deputat va kotibiyat mutaxassisi mahallaning uchta eng muhim bo‘g‘ini faoliyatini tegishli qonun hujjatlari ijrosi kesimida atroflicha ko‘rib chiqdilar:

1. Mahalla raisining ish yurituv tizimi (PF-116 doirasida):

Yangi Farmon talablaridan kelib chiqib, mahalla raisining "mahalla yettiligi" faoliyatini samarali muvofiqlashtirishi, aholi murojaatlari bilan "xonadonbay" ishlash hamda muammolarni erta aniqlash tizimi holati o‘rganildi.

2. Profilaktika inspektori faoliyati (O‘RQ-371 doirasida):

O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida mahalla hududida jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish hamda profilaktik nazoratda turuvchi shaxslar bilan tizimli ishlash ahvoli tahlil qilindi.

3. Ijtimoiy xodim faoliyati (O‘RQ-415 doirasida):

O‘zbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, mahalladagi o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar, nogironligi bor fuqarolar va ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamlarning sifati va manzilliligi ko‘rib chiqildi.

Hasan Abdimo'minov: "Mahalla xodimining kunlik faoliyati xalq roziligi va inson qadrini ulug‘lashga xizmat qilishi shart!"

"Prezidentimiz tomonidan mahalla tizimiga berilgan yuksak vakolatlar va imkoniyatlar har bir xonadonda o'z samarasini berishi lozim. Profilaktika inspektori jamoat osoyishtaligini ta'minlasa, ijtimoiy xodim muhtojlarga tirgak bo'ladi. Ushbu mas'ullarning mahalla raisi atrofida jipslashib ishlashi muammolarni joyida, tezkor hal etish imkonini beradi. Deputat sifatida ushbu jarayonlarni doimiy nazorat qilib boramiz," — deya ta'kidladi deputat.

O‘rganishlar yakunida "Bandixon" mahallasida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash, aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish hamda mahalla xodimlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan aniq tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 3