35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Shayxon mahallasida 3,6 kilometr ichki yo‘l asfaltlandi
янв.21
Chodak hududida mahalla yettiligi va nuroniylar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Sino Shifo xususiy klinikasida tibbiy xizmatlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: Popda bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi
янв.21
Yangi Xo‘jabod mahallasi Kengash raisi nazoratida
янв.21
Eski To‘da mahallasida mahalla raisi va xotin qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz", "Farzandlarimizni giyohvandlikdan asraylik" mavzusida uchrashuv tashkil etildi
янв.21
«Imon Ota» MFYda 2,5 milliard so‘mlik yo‘l loyihasi va yangi ko‘prik qurilishi nazoratda
янв.21
«Mahalla ustozi» tizimi joriy etiladi
янв.21
Hazratibob mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘ldirgani
📊 XALQ DEPUTATLARI OLMAZOR TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARINING 2026-YIL II CHORAK YAKUNLARI

📊 XALQ DEPUTATLARI OLMAZOR TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARINING 2026-YIL II CHORAK YAKUNLARI

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan 2026-yil II choragi davomida korrupsiyaning oldini olish, davlat organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, jamoat xavfsizligini mustahkamlash hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish borasida tizimli ishlar amalga oshirildi.

Hisobot davrida 6 nafar komissiya a’zosi ishtirokida
1 ta komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi hamda 2 ta masala Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritildi. Shuningdek, mutasaddi tashkilotlarning axborotlari eshitilib, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish, qonun ustuvorligini ta’minlash va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

📚 Deputatlarga biriktirilgan qonunlar:
🔹 "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
(O‘RQ-419, 03.01.2017) — korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy, tashkiliy va institutsional asoslarini belgilaydi.
🔹 "Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
(O‘RQ-474, 12.04.2018) — davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
🔹 "Ichki ishlar organlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
(O‘RQ-407, 16.09.2016) — jamoat xavfsizligini ta’minlash va ichki ishlar organlari faoliyatining huquqiy asoslarini belgilaydi.
🔹 "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
(O‘RQ-445, 11.09.2017) — fuqarolar murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi.
🔹 "Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
(O‘RQ-547, 26.09.2023) — davlat sirlarini muhofaza qilish hamda axborot xavfsizligini ta’minlashning huquqiy asoslarini belgilaydi.

✅ Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan qonun ustuvorligini ta’minlash, korrupsiyaning oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni mustahkamlash hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

⚡️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 1