35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Shayxon mahallasida 3,6 kilometr ichki yo‘l asfaltlandi
янв.21
Chodak hududida mahalla yettiligi va nuroniylar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Sino Shifo xususiy klinikasida tibbiy xizmatlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: Popda bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi
янв.21
Yangi Xo‘jabod mahallasi Kengash raisi nazoratida
янв.21
Eski To‘da mahallasida mahalla raisi va xotin qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz", "Farzandlarimizni giyohvandlikdan asraylik" mavzusida uchrashuv tashkil etildi
янв.21
«Imon Ota» MFYda 2,5 milliard so‘mlik yo‘l loyihasi va yangi ko‘prik qurilishi nazoratda
янв.21
«Mahalla ustozi» tizimi joriy etiladi
янв.21
Hazratibob mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘ldirgani
"Kitobni yaxshi ko‘rgan xalq – Vatanni ham qadrlaydi"

 📚 "Kitobni
yaxshi ko‘rgan xalq – Vatanni ham qadrlaydi"
 

Yangi O‘zbekistonda yoshlarning ma'naviy kamolotini
yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda ularda Vatanga
sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat va yuksak fuqarolik mas'uliyatini
shakllantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. 

Shu maqsadda Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi
deputati S. O‘razmetov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi S.
Matyaqubova
Chamanzor mahallasida faol yoshlar bilan "Kitobni
yaxshi ko‘rgan xalq – Vatanni ham qadrlaydi"
mavzusida
ma'naviy-ma'rifiy uchrashuv o‘tkazdi. 

Uchrashuv davomida kitob mutolaasining shaxs kamoloti,
intellektual salohiyat va vatanparvarlikni yuksaltirishdagi o‘rni alohida
ta'kidlandi. Yoshlarni kitobxonlikka keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini
mazmunli tashkil etish hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa
qo‘shadigan bilimli va tashabbuskor avlodni voyaga yetkazish masalalari
yuzasidan fikr almashildi. 

📖 Kitob – tafakkur manbai,
🇺🇿 Bilimli yoshlar – Yangi
O‘zbekiston tayanchi!