35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Sessiya oldi doimiy komissiya tomonidan joyiga chiqib tashkilot rahbarining hisoboti muhokama qilindi
янв.21
Iskovut mahallasida profilaktika va soliq intizomi masalalari muhokama qilindi
янв.21
Temir yo‘l muhofaza zonasida tartibga keltirish ishlari olib borildi
янв.21
Kengash raisi Muqumiy mahallasida bunyodkorlik ishlarini muhokama qildi
янв.21
Ipak yo‘li mahallasidagi ko‘p qavatli uylarda liftlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Shayxon mahallasida 3,6 kilometr ichki yo‘l asfaltlandi
янв.21
Chodak hududida mahalla yettiligi va nuroniylar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Sino Shifo xususiy klinikasida tibbiy xizmatlar faoliyati o‘rganildi
“PARKENT TONGI” GAZETASINING 2026-YIL 16-IYULDAGI 28-SONIDA XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHINING 27-SESSIYASI YORITILDI.

Bugungi kunda ommaviy axborot vositalari jamiyat hayotida muhim o‘rin tutib, aholining xabardorligini oshirish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashda samarali vosita sifatida xizmat qilmoqda. Ana shunday nufuzli nashrlardan biri bo‘lgan tuman hokimligi muassisligidagi “PARKENT TONGI” gazetasi bugungi kunda 5630 nusxada chop etilib, keng jamoatchilikni dolzarb yangiliklar bilan muntazam ta’minlab kelmoqda.Gazetaning 2026-yil 16-iyuldagi 28-sonida “Muhim masalalar muhokamasi” rukni ostida Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma yettinchi sessiyasi keng yoritildi. Unda sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar, tuman ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, sohalar faoliyati yuzasidan mas'ul rahbarlarning hisobotlari, deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar hamda qabul qilingan qarorlar haqida batafsil ma'lumot berildi.Mazkur maqola orqali keng jamoatchilik Kengash faoliyati, mahalliy vakillik hokimiyati organlarining mahalliy ijro organlari bilan hamkorligi hamda hududlarni rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi.  

Slide 1 of 1