35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Sessiya oldi doimiy komissiya tomonidan joyiga chiqib tashkilot rahbarining hisoboti muhokama qilindi
янв.21
Iskovut mahallasida profilaktika va soliq intizomi masalalari muhokama qilindi
янв.21
Temir yo‘l muhofaza zonasida tartibga keltirish ishlari olib borildi
янв.21
Kengash raisi Muqumiy mahallasida bunyodkorlik ishlarini muhokama qildi
янв.21
Ipak yo‘li mahallasidagi ko‘p qavatli uylarda liftlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Shayxon mahallasida 3,6 kilometr ichki yo‘l asfaltlandi
янв.21
Chodak hududida mahalla yettiligi va nuroniylar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Sino Shifo xususiy klinikasida tibbiy xizmatlar faoliyati o‘rganildi
Sobiq maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini yana qayta tiklash imkoniyatlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev hamda kotibiyat mudiri J.Sadirov tomonlaridan tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i I.Izzatulloyev hamkorligida tumanning “Do‘stlik” mahallasida joylashgan sobiq 3-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti binolari va hududi holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida ma’lum bo‘lishicha, mazkur bino bir necha yillar avval maktabgacha ta’lim tashkiloti sifatida faoliyat yuritgan bo‘lib, keyinchalik “Barkamol avlod” bolalar markazi ixtiyoriga o‘tkazilgan. Hozirgi vaqtda esa ushbu binoda hech qanday faoliyat olib borilmayotgani sababli obyektdan to‘liq foydalanilmayapti.

Deputatlar tomonidan binolarning texnik holati, ichki xonalar, muhandislik tarmoqlari hamda hudud infratuzilmasi atroflicha ko‘zdan kechirildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, binolarning texnik holati qoniqarli ekani, asosiy xonalar ta’mirlangani, binodan samarali foydalanish uchun zarur imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi. Shuningdek, muassasa hududi kengligi, bolalarning sayr qilishi va o‘yin maydonchalarini tashkil etish uchun yetarli maydon mavjudligi ham alohida e’tirof etildi.

Shu bilan birga, mazkur obyektni yana maktabgacha ta’lim tashkiloti sifatida ishga tushirish uchun amaldagi sanitariya-gigiyena, yong‘in xavfsizligi va maktabgacha ta’lim muassasalariga qo‘yilgan zamonaviy talablarga muvofiq qo‘shimcha moslashtirish ishlarini amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi. Xususan, bolalar uchun mo‘ljallangan sanitariya xonalarini jihozlash, oshxona va tibbiyot xonasini talab darajasida tayyorlash, bolalar maydonchalari hamda xavfsizlik infratuzilmasini barpo etish lozimligi qayd etildi.

O‘rganish yakunida mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda binodan samarali foydalanish, uni maktabgacha ta’lim tashkilotiga moslashtirish bo‘yicha texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni tayyorlash va tegishli takliflarni yuqori tashkilotlarga kiritish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish lozimligi belgilandi. Mazkur masala deputatlar tomonidan doimiy nazoratga olinishi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 9