35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Sessiya oldi doimiy komissiya tomonidan joyiga chiqib tashkilot rahbarining hisoboti muhokama qilindi
янв.21
Iskovut mahallasida profilaktika va soliq intizomi masalalari muhokama qilindi
янв.21
Temir yo‘l muhofaza zonasida tartibga keltirish ishlari olib borildi
янв.21
Kengash raisi Muqumiy mahallasida bunyodkorlik ishlarini muhokama qildi
янв.21
Ipak yo‘li mahallasidagi ko‘p qavatli uylarda liftlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Shayxon mahallasida 3,6 kilometr ichki yo‘l asfaltlandi
янв.21
Chodak hududida mahalla yettiligi va nuroniylar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Sino Shifo xususiy klinikasida tibbiy xizmatlar faoliyati o‘rganildi
#sessiya_oldi_masala #ekspert_guruhi #doimiy_komissiya #yoshlar_maslahat_guruhi
#sessiya_oldi_masala
#ekspert_guruhi
#doimiy_komissiya
#yoshlar_maslahat_guruhi

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

Jumladan, Kogon shahrida sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid dasturlarning bajarilishi, kasalliklar profilaktikasi holati, sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek sog‘liqni saqlash sohasining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha taqdim etilgan ma’lumotlar o‘rganildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi “2025–2030-yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-186-son qarori ijrosi doirasida Kogon shahrida amalga oshirilayotgan ishlar holati ham joyiga chiqib ko‘rib chiqildi.

O‘rganish davomida amalga oshirilgan chora-tadbirlar, tibbiy xizmatlar sifati, profilaktik ishlarning tashkil etilishi hamda belgilangan vazifalar ijrosi tahlil qilinib, sessiya muhokamasiga kiritish uchun tegishli xulosa va takliflar tayyorlandi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash
Slide 1 of 4