35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Sessiya oldi doimiy komissiya tomonidan joyiga chiqib tashkilot rahbarining hisoboti muhokama qilindi
янв.21
Iskovut mahallasida profilaktika va soliq intizomi masalalari muhokama qilindi
янв.21
Temir yo‘l muhofaza zonasida tartibga keltirish ishlari olib borildi
янв.21
Kengash raisi Muqumiy mahallasida bunyodkorlik ishlarini muhokama qildi
янв.21
Ipak yo‘li mahallasidagi ko‘p qavatli uylarda liftlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Shayxon mahallasida 3,6 kilometr ichki yo‘l asfaltlandi
янв.21
Chodak hududida mahalla yettiligi va nuroniylar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Sino Shifo xususiy klinikasida tibbiy xizmatlar faoliyati o‘rganildi
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati R.Talipdjanov tomonidan "Navro‘z" mahalla fuqarolar yig‘inida shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan “Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar” masalasi yuzasidan o‘rganish va muhokama o‘tkazildi.

Muhokamada deputat R.Talipdjanov, Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi X.Abdullayev, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi N.Ikromov hamda profilaktika inspektori Sh.Sotboldiyev ishtirok etib, mahalladagi kriminogen vaziyat va jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlarni atroflicha tahlil qildilar.

O‘rganish davomida mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida 201 ta ma’muriy ish qo‘zg‘atilgani, shundan 15 nafar fuqaroga ma’muriy qamoq jazosi tayinlangani hamda 10 nafar xotin-qizga himoya orderi berilgani ma’lum qilindi.

Muhokama jarayonida profilaktik hisobda turuvchi fuqarolar bilan manzilli ishlash, yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, "mahalla yettiligi" hamkorligida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar samaradorligi muhokama qilindi.

Shuningdek, mahalla hududida faoliyat yuritayotgan tungi klub faoliyatini tartibga solish, tungi vaqtda ishlovchi savdo shoxobchalarining ish rejimini belgilash, videokuzatuv kameralarining texnik holatini nazorat qilish hamda ularning samarali ishlashini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muhokama yakunida mahalla hududida jamoat tartibini mustahkamlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikka sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etish, videokuzatuv tizimlarini yanada kengaytirish hamda aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2